Ivan Boshkovich: "Taslim bo'lmaymiz"

Aslanov Jasurbek
9 sen 2026, 23:05
"Nasaf" hamda "Bunyodkor" o'rtasidagi Superliga bahsidan (3:0) so'ng mehmonlar ustozi Ivan Boshkovich matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Ivan Boshkovich: “Raqib yaxshi formada. Munosib qarshilik ko'rsatishga, o'yinda o'zgarishlar qilishga urindik. Bir nechta yaxshi vaziyatlarga ega bo'ldik, ammo ulardan foydalana olmadik. Taslim bo'lmaymiz, o'yinni yaxshilash, yigitlar ruhini ko'tarish uchun hali vaqt bor”.

- “Bunyodkor”ga taklifni qanday qabul qildingiz?
- “Bunyodkor” menga murabbiy sifatida o'sishga yordam bergan. Jamoani qiyin paytda tashlab qo'ymoqchi emasman. “Bunyodkor” yaxshirog'iga munosib. Hozir noliydigan vaqt emas, harakat qilish kerak. Butun mamlakat jamoa qaytishiga yordam beradi deb umid qilaman. Klub akademiyasi ko'plab sifatli futbolchilarni yetishtirib bergan. “Bunyodkor” qaytishiga ishonaman.

- Zeytullaev jamoani tark etdi, o'rniga siz keldingiz. “Bunyodkor”ning ertangi taqdiri qanday bo'ladi deb o'ylaysiz?
- Jamoaning moliyaviy holati haqida bilamiz. Ammo men murabbiyman, mendan talab qilinga barcha ishni qilaman. Rahbariyat bilan ham muhokamalar bo'lyapti. Taslim bo'lmaymiz.

- Bir necha oylab maosh olmayotgan futbolchilarni boshqarish qiyin emasmi?
- Jamoada qolganlar nolimasdan, futbol o'ynash uchun qolishdi. Ketadiganlar ortiqcha gaplarsiz “Bunyodkor”ni tark etishdi.

- Ikkinchi bo'limda “Bunyodkor” futbolchilari birinchi taymdan yaxshiroq harakat qilishdi. Tanaffusda nimalar dedingiz?
- Odam qiyin vaqtda o'sadi. Ular taslim bo'lishni xohlashmadi va oxirigacha kurashishdi. Erkinroq o'ynadik.

- “Bunyodkor”da o'z shtabingizni yig'a oldingizmi?
- Jamoada qolganlar bilan ishlayapman. Hammamiz “Bunyodkor”ni qutqarish uchun harakat qilyapmiz. Xalq ham bunga o'z hissasini qo'shadi degan umiddaman.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia