Naqd 9 ta seyv qilgan darvozabon, 55 yoshli mutaxassis - Superligada 11-tur laureatlari

Sherzod Nurmatov
5 may 2026, 17:30
Championat.asia sayti O'zbekiston Superligasi 11-turining eng yaxshilarini aniqladi.

11-turning eng yaxshi darvozaboni - Javohir Ilyosov (OKMK)

OKMK o'tgan turda “Neftchi” bilan bahs yuritib, 0:0 hisobida durang o'ynadi. Bahs murosasiz tarzda davom etdi va olmaliqliklar farg'onaliklarning keskin hujumlariga dosh bera oldi va gol o'tkazib yubormadi. Bunda albatta darvozabon Javohir Ilyosov katta rol o'ynadi. U o'yin mobaynida naqd 9 ta(!) seyv namoyish etdi va jamoasini goldan qutqardi. Shunday qilib, Championat.asia sayti ijodkorlari aynan uni tur darvozaboni deb topdi.

darvozabon (7).png

11-turning eng yaxshi murabbiyi - Andrey Shipilov (“Qo'qon-1912”)

“Qo'qon-1912” yakuniga etgan turda “Bunyodkor”ni mehmon qilib, 1:0 hisobida g'alaba qozondi. E'tiborlisi, qo'qonliklar golni bir kishi kam bo'lib o'ynayotgan chog'ida urdi. O'yinga jamoasini yaxshi tayyorlagan va so'nggi soniyalargacha g'alaba uchun kurashgan jamoa ustozi Andrey Shipilov tur murabbiyi sifatida etirof etildi.

murabbiy (6).png

11-turning eng yaxshi futbolchisi - Javohir Ilyosov (OKMK)

Yuqorida takidlanganidek, Javohir Ilyosovning harakatlari tufayli OKMK o'z maydonida “Neftchi”ga munosib qarshilik ko'rsatib, durang o'ynadi. U bejiz SofaScore tomonidan 9,8 ballga loyiq ko'rilmadi. 32 yoshli posbon har taraflama mukammal o'yin namoyish etdi va tur futbolchisi nomiga ham loyiq bo'ldi.

futbolchi (6).png

11-turning eng chiroyli goli muallifi - Roman Xadjiev (“Mashal”)

“Mashal” bu turda “Dinamo” bilan ro'baro' kelib, “Dinamo”dan engildi (1:3). Muborakliklarning yagona golini Roman Xadjiev urdi. Himoyachining chap oyoqda olis masofadan yo'llagan zarbasi oldida darvozabon shunchaki ojiz qoldi. Mazkur gol muallifi xodimlar o'rtasidagi so'rovnoma orqali eng chiroyli gol muallifiga aylandi.

Ming marta eshitgandan bir marta ko'rgan yaxshi deganlaridek, quyida golni e'tiboringizga havola qilamiz.

gol (6).png


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia