

33 yoshli belgiyalikning bitimi 2027 yil yozigacha mo'ljallangan edi.
Manbaga ko'ra, hujumchi faoliyatini Saudiya Arabistoni yoki Turkiyada davom ettirish variantlarini ko'rib chiqmoqda. "Milan" ham futbolchiga qiziqish bildirmoqda.
Lukaku va "Napoli" rahbariyati o'rtasidagi munosabatlar intizomiy hodisadan keyin yomonlashgan. Futbolchi mart oyida Belgiya terma jamoasining xalqaro o'yinlaridan so'ng klubga o'z vaqtida qaytmagan, bu esa rahbariyat bilan mojaroga sabab bo'lgandi.



