Konte mavsum yakunida "Napoli"ni tark etadi

Aslanov Jasurbek
19 may 2026, 21:08
Antonio Konte "Napoli"dan ketmoqda.

"Napoli" bosh murabbiyi Antonio Konte mavsum tugaganidan keyin o'z lavozimini tark etadi.

Insayder Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, 56 yoshli italiyalik mutaxassis ushbu qarorga kelgan va bu haqda klub prezidenti Aurelio De Laurentisni bundan bir oy oldin ogohlantirgan.

Shartnoma 2027 yilning yoziga qadar amal qilishiga qaramay, Konte klubga tovon puli to'lamaydi va klub ham unga hech qanday kompensaciya bermaydi. Antonio kelgusi ish joyi bo'yicha hech bir jamoa bilan kelishmasdan turib "Napoli"ni tark etmoqda.

Neapolliklar Seriya Aning so'nggi turi oldidan turnir jadvalida ikkinchi o'rinni egallab turishibdi va allaqachon 2026/27 yilgi mavsum uchun Chempionlar ligasi yo'llanmasini naqd qilishgan.

Konte 2024 yildan beri "Napoli"da ishlab kelayotgan edi va klub bilan Italiya chempionati hamda Superkubogida g'olib chiqdi.

Bundan oldinroq, "Napoli" bosh murabbiyligiga asosiy nomzod Mauricio Sarri ekanligi haqida xabar berilgan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Fabrizio Romano