Namoyishchilar O'zbekiston va JCH-2026ning ilk o'yini o'tadigan "Acteka" stadioniga kirishni to'sib qo'ydi

Aslanov Jasurbek
10 iyun 2026, 05:13
Mexikodagi "Acteka" stadioniga kirish yo'li namoyishchilar tomonidan to'sib qo'yildi.

11 iyun kuni Jahon chempionati-2026 ning ochilish marosimi va ilk uchrashuvi bo'lib o'tadigan Mexikodagi "Acteka" stadioniga olib boruvchi yo'lni minglab namoyishchilar to'sib qo'ydi.

O'tgan haftadan beri Meksika poytaxtida talim xodimlari kasaba uyushmasi ish haqini oshirishni va pensiya islohoti to'g'risidagi qonunni bekor qilishni talab qilib, namoyishlar o'tkazmoqda.

Mamlakat prezidenti Klaudiya Sheynbaum namoyishlarni "provokaciya" deb atadi, ammo hozircha namoyishlarni bostirish uchun policiyani jalb qilishni istisno qildi.

11 iyun kuni bo'lib o'tadigan Jahon chempionatining ilk o'yinida Meksika va Janubiy Afrika terma jamoalari bahs olib boradi. 18 iyun kuni esa O'zbekiston terma jamoasi aynan shu arenada mundialdagi o'zining dastlabki bahsnini o'tkazadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: RMC Sport