Eldor Shomurodov: "JCHda ijobiy natija uchun o'ynaymiz"

Абдулвосит Бектемиров
9 iyun 2026, 11:58
O'zbekiston terma jamoasi sardori Eldor Shomurodov Niderlandiya bilan o'rtoqlik uchrashuvidan (1:2) so'ng Championat.asia sayti muxbiri Abdulvosit Bektemirovning savollariga javob berdi.

- Terma jamoa 45 kun davomida yig'in o'tkazdi. Mundialga qanchalik tayyorsizlar?

- Rasmiy o'yingacha 1 hafta vaqt bor. Xudo xohlasa, yaxshi mashg'ulotlar olib bordik. Rasmiy uchrashuvlarda kuchliroq ko'rinamiz deb o'ylayman.

- Terma jamoa Kanada bilan uchrashuv kuchli yomg'ir ostida, bugun esa juda issiq ob-havoda o'ynadi. Bu o'yinlar haqida nima deya olasiz?

- Ob-havo qanday bo'lishidan qati nazar bu o'rtoqlik uchrashuvlari hisoblanadi. Biz qo'limizdan kelgan ishni qildik. Xudo xohlasa, endi JCHda ijobiy natija uchun o'ynaymiz.

O'xshash yangiliklar


Абдулвосит БектемировMuallif
Manba: Championat.asia