

"Real Madrid” klubi Alvaro Arbeloadan chuqur minnatdor, u klubda bo'lgan butun faoliyati davomida, yoshlar akademiyasidagi dastlabki qadamlaridan boshlab, doimo sodiqlik, fidoyilik va professionallik ko'rsatib keldi. U klub qadriyatlarining timsoli hisoblanadi.
"Real Madrid”, yani uning doimo uyi bo'lib qoladigan maskan, Alvaro Arbeloa va uning butun oilasiga hayotlarining ushbu yangi bosqichida eng ezgu tilaklarni bildiradi", – deb yozilgan "qaymoqranglilar" xabarida.
Arbeloa "Real" bosh murabbiyi sifatida 13 yanvardan beri faoliyat yuritgan. Uning qo'l ostida "Qirollik klubi" barcha musobaqalarda 28 ta o'yin o'tkazib, ulardan 18 tasida g'alaba qozongan, ikki bor durang o'ynagan va sakkiz marta mag'lubiyatga uchragan.



