Eldor Moyliev: "Proligada hamma raqib bilan bemalol o'ynasa bo'ladi"

Aslanov Jasurbek
9 iyun 2026, 21:46
Proliga 10-turdan o'rin olgan "Lochin" – "Kattaqo'rg'on" uchrashuvi 2:0 hisobida yakun topdi.

O'yindan keyin "Lochin" bosh murabbiyi Eldor Moyliev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida fikringiz?
- Birinchi bo'limda ham, ikkinchi bo'limda ham bahsni to'liq nazorat qildik. To'p bilan va to'psiz yaxshi o'yin ko'rsatdik. Uzoqdan yo'llangan zarbalar evaziga g'alaba qozondik. Ushbu yutuq bilan jamoamiz muxlislarini tabriklayman.

- Javohir Hasanov raqib darvozaboni bilan to'qnashib ketdi. Uning holati qanday?
- Ahvoli yaxshi, faqat ozroq miya chayqalishi ro'y berdi. Shu bois tezda zaxiraga oldik. Hozir futbolchimiz o'zini yaxshi his qilyapti.

- "Lochin"ning asosiy futbolchilari boshqa klublarga o'tmoqchi ekan. Ularning o'rnini qanday to'ldirasiz?
- O'yinchilarimiz bilan amaldagi shartnoma bor. Men kimdir ketmoqchi ekanini eshitmadim. To'g'risini aytsam, bu haqda o'ylab ko'rganimiz yo'q. Buyog'iga ikkinchi davraga hozirlik ko'ramiz. Nasib qilsa, yuqori o'rinlar uchun kurashamiz. Jamoamiz o'yindan o'yinga o'z o'yinini topib boryapti. Raqiblarni o'rganib oldik, hamma bilan bemalol o'ynasa bo'ladi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia