Igor Sergeev: "Xatolardan xulosa chiqaramiz"

Sherzod Nurmatov
9 iyun 2026, 11:30
O'zbekiston terma jamoasi hujumchisi Igor Sergeev Niderlandiya bilan bahsdan (1:2) so'ng fikrlarini bildirib o'tdi.

“Oxirida alamli gol o'tkazib yubordik. Xatolardan xulosa chiqaramiz va oldinga qarab intilamiz.

Keyingi bahs JCH 1-turi doirasida Kolumbiya bilan? JCH haqida nima ham deymiz, bu haqda ko'p gapirildi. Bor kuchimizni berishimiz va raqiblardan ayyorroq harakat qilishimiz kerak”, – dedi yagona gol muallifi.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston JCH ilk turini 18 iyun kuni Kolumbiyaga qarshi o'tkazadi. Bahs Toshkent vaqti bilan 7:00 da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia