"Real" rasman Alvares uchun 150 million evro taklif qildi. "Atletiko" rad etdi

Aslanov Jasurbek
9 iyun 2026, 22:31
"Atletiko" Xulian Alvaresni "Real"ga sotmadi.

"Real" 29 yoshli forvard Xulian Alvares uchun rasman 150 million evro taklif qildi va "Atletiko"dan rad javobini oldi.

"Real" futbol klubi bugungi direktorlar kengashi yig'ilishi natijalariga ko'ra, "Atletiko"ga Xulian Alvaresning huquqlari uchun 150 million evro miqdorida taklif yuborganini e'lon qiladi.

Taklifni ko'rib chiqib va baholagach, "Atletiko" ikki klub o'rtasidagi ijobiy munosabatlar doirasida amalga oshirilganini qayd etgan holda minnatdorlik bildirdi, biroq futbolchining tovon puli (klausula) bandiga ishora qilib, uni rad etdi", – deyiladi "Real" bayonotida.

Eslatib o'tamiz, 4 iyun kuni "Real" prezidenti Florentino Peres 9 iyun kuni futbolchini 150 million evro evaziga sotib olish bo'yicha taklif kiritishini ma'lum qilgandi.

O'tgan mavsumda argentinalik futbolchi La Liganing 29 ta o'yinida 8 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: realmadrid.com