

U jamoada jismoniy tayyorgarlik uchun mas'ul bo'lishi kutilmoqda va agar shtabga rasman kiritilsa, klubning 148 yillik tarixida erkaklar jamoasida ishlagan ilk ayol murabbiyga aylanadi.
Sport fanlari doktori ilmiy darajasiga ega bo'lgan ispaniyalik mutaxassis bungacha Barselona universitetida dars bergan, Ispaniyaning "Levante Badalona" ayollar klubida ishlagan hamda Pochettino boshchiligidagi AQSH erkaklar terma jamoasi shtabida faoliyat yuritgan.



