

"Faqat hozirgi vaziyatga qarash - noto'g'ri qaror. Buning o'rniga klubning umumiy salohiyatini hisobga olishimiz kerak. Albatta, vaziyat - bu vaziyat, biz uning uchun mas'uliyatni o'z zimmamizga olishimiz lozim. Biroq shu bilan birga, bu o'yin ekanini ham tushunishimiz kerak. O'yinga moslashishimiz uchun o'zimizni erkin his qilishimiz zarur.
Futbolchilar o'z salohiyatini namoyon eta oladigan muhit va maydon yaratishimiz kerak. Hozirgi paytda eng muhimi shu va bu bizning ustuvor vazifamiz - futbolchilar bilan ishlash va bosimni engishga harakat qilish. Bosim bizga kuch-quvvat berishi, mas'uliyat ham kuch bag'ishlashi kerak.
Sen o'yin bilan bir butun bo'lganingda, uni o'z iqtidoring va erkinliging orqali his qilasan. O'zingni baxtli his qilasan, jamoadoshlaring, oilang, klubing va muxlislaring uchun o'ynaysan. Biz barchamiz birgalikda aynan shunday muhitni yaratishimiz kerak. Menimcha, bizning juda ajoyib mutaxassislar jamoamiz bor. Bugun bu haqda ko'p gaplashdik.
Keyin barcha tamoyillar va g'oyalarni birlashtirib, o'z falsafamizni yaratishimiz va hammasini noldan boshlashimiz kerak. O'ylaymanki, klubning salohiyati va muxlislarning qo'llab-quvvatlashi bilan biz munosib o'rnimizni egallaymiz.
Madaniyatni shakllantirish - eng muhim vazifa. Odatlar va tamoyillarni shakllantirishimiz kerak. Menimcha, biz aynan shuni yo'lga qo'ymoqchimiz. Oldinga qarashimiz va har bir o'yinda g'alaba qozonishimizga yaqinlashtiradigan eng yaxshi odatlar hamda madaniyatni shakllantirish yo'lini topishimiz lozim", - deya Pochettinoning so'zlarini keltiradi mankunianliklarning rasmiy sayti.


