

"Manchester Yunayted" "Brayton"dan Karlos Balebani sotib olish bo'yicha kelishuvga erishishga yaqin, deb xabar bermoqda jurnalist Devid Ornsteyn. Manchester klubi 22 yoshli yarim himoyachi uchun taxminan 60 + 5 mln funt taklif qildi. Bu summa "chaykalar"ning bahosidan past, ammo muzokaralar do'stona ruhda davom etmoqda va barcha tomonlar kelishuvga erishish ustida ishlamoqda. O'tgan mavsumda Baleba APLning 31 ta o'yinida maydonga tushib, 5 ta sariq kartochka oldi.



