"Milan" bosh murabbiyi Ruben Amorim "Manchester Yunayted" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng o'z fikrlarini bildirdi

16 avg 2026, 10:30
"Milan" bosh murabbiyi Ruben Amorim "Manchester Yunayted"ga qarshi o'rtoqlik o'yinidagi (4:2) g'alabadan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Eslatib o'tamiz, mutaxassis 2024 yildan 2026 yilgacha mankunianliklarni boshqargan.

- Eng yaxshi o'yiningiz ayni munosib vaqtda sodir bo'ldimi?

- Albatta, lekin natija muhim emas. Biz "Torino"ni mag'lub etishimiz kerak. Bu butunlay boshqacha o'yin bo'ladi. Bugun bizda ko'proq bo'sh hududlar bo'ldi. Aytib o'tganimdek, kelasi yakshanba boshqacha bo'ladi, lekin yaxshi o'ynab g'alaba qozonganingda jamoadagi kayfiyat tamoman boshqacha bo'lishi aniq. Biroq, yana bir bor aytaman, biz qanday gol o'tkazib yuborayotganimiz haqida qayg'urishimiz kerak. Chunki biz gol o'tkazib yubormoqdamiz. Bu "Seltik" bilan o'yinda ham, bugun ham sodir bo'ldi… Lekin umuman olganda, o'sishga erishayotganimizni o'ylayman. Mavsum oldi tayyorgarligi muhim emas, biz navbatdagi o'yinda g'alaba qozonishimiz kerak.

O'xshash yangiliklar


Manba: La Gazzetta dello Sport