Martines O'zbekistonga qarshi o'yin uchun Portugaliya asosiy tarkibida kamida uchta o'zgarish qilmoqchi

Оқил Абдубарноев
22 iyun 2026, 18:00
Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martines 2026 yilgi Jahon chempionati guruh bosqichining 2-turi doirasida O'zbekistonga qarshi kechadigan navbatdagi o'yin uchun Portugaliyaning asosiy tarkibida o'zgarishlarni amalga oshiradi.

Jarohat sabab musobaqadagi ilk o'yinni o'tkazib yuborgan Ruben Diash yana safga qaytdi va himoya markazida jamoaning asosiy yangiligi bo'lishi kutilmoqda.

Shuningdek, Kongo Demokratik Respublikasiga qarshi bahsda umuman maydonga tushmagan Joau Feliks va Diogu Dalot ham asosiy tarkibdan joy olishi taxmin qilinmoqda.

Bernardu Silva, Nunu Mendesh va Tomash Arauju esa katta ehtimol bilan bu safar zaxirada qoladi.

Milliy terma jamoa Jahon chempionatidagi navbatdagi o'yinidan oldingi so'nggi mashg'ulotlardan birini shu yakshanba kuniga rejalashtirgan.

Portugaliya seshanba kuni (Toshkent vaqti bilan 22:00 da) O'zbekistonga qarshi maydonga tushadi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Sicnoticias