Mourinyuning "Real"dagi sobiq shogirdi unga Madridda yordamchi murabbiy bo'ladi

15 iyun 2026, 11:15
Sami Xedira Joze Mourinyuning "Real Madrid"dagi murabbiylar shtabiga qo'shiladi.

The Athletic nashri xabariga ko'ra, 2010 yildan 2015 yilgacha "Real" sharafini himoya qilgan Germaniya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi madridliklar bosh murabbiyi yordamchisi lavozimini egallaydi. Bu Xedira uchun murabbiylik faoliyatidagi ilk tajriba bo'ladi.

Qayd etilishicha, Mourinyu o'z shtabida futbolchilar va murabbiylar o'rtasida bog'lovchi bo'la oladigan yordamchini ko'rishni istagan. Bundan avvalroq portugaliyalik mutaxassis Madridning sobiq himoyachisi Pepeni taklif qilmoqchi bo'layotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

O'xshash yangiliklar


Manba: The Athletic