"Tezkor studiya"da Niderlandiya bilan o'yin tahlili. Mozgovoy foydaliroq o'ynadi, kamchiliklarimiz esa bor...

Iskandarov Abdulaziz
15 iyun 2026, 11:16
"Championat.asia" va "90minutUz" ijodkorlari hamkorligida Jahon chempionatiga bag'ishlab tayyorlanayotgan har bir ko'rsatuv o'ziga xos yangiliklarga boy tarzda o'tmoqda.

"Tezkor studiya"ning navbatdagi efiri avvalgilaridan mutlaqo farqli uslubda olib borildi. Unda taklif etilgan professional tahlilchi-murabbiy Niderlandiyaga qarshi kechgan bahsdagi kamchiliklarimizni maxsus chizmalar (vizual taktika) asosida batafsil ko'rsatib berdi.

Dasturda Nodirxo'ja Yuldashev, Narzulla Saydullaev va Tolibjon Qosimovdan iborat doimiy ekspertlar guruhiga Germaniyada bolalar futboli tizimida faoliyat yuritgan, UEFAning "V" licenziyasi sohibi Sarvar Halilov mehmon sifatida hamrohlik qildi.

86ed77b0-cbd2-411f-aae5-68bae543adb6.pngSnimok ekrana (357).png

Tolibjon Qosimov va Nodirxo'ja Yuldashev Braziliyaning tarkibi haqida fikrlarini bildirdi. Sizningcha, hozirgi Braziliya Jahon chempioni bo'la oladimi?

T.Q - Kechagi Braziliya tarkibida "Zenit"dan 2 nafar futbolchi bor edi. Bu terma jamoa qanday qilib chempionlikka davogarlik qilishi mumkin?

N.YU - Vaqtida SSKAda Vagner Lav o'ynardi, lekin SSKA Yevropa ligasini yutib yurgan paytlari edi. Lav shu darajasida ko'p chaqirilmas edi.

T.Q - Qanot himoyachilari doim yondirib yurgan lekin kecha unday emasdi. O'ngda Kafu, Dani Alves, chapda Marsello. Rafinya birinchi bo'limning eng yomon futbolchisi bo'ldi.

N.YU - Qanot himoyachilari haqida gap ketar ekan 1998 yilda Karlos va Kafu, keyin Alves va Marsello. Ularning fonida bu qanot himoyachilarining ismini ham bilmayman.

a73fc82b-6ac7-454c-b66e-d4c7e234bbcf.png

Ko'rsatuv mehmoni Sarvar Halilov Marokash terma jamoasi haqida qiziqarli faktni aytib o'tdi.

- Marokash deganda Afrika futbolini tasavvur qilamiz. Lekin Marokashnin qaydnomasidagi 17 nafar futbolchi Yevropada tug'ilib o'sgan. Ularning shakllanishi Yevropada bo'lgan. Kechagi o'yindan avval Marokash 2:1 hisobida yutishini taxmin qilgandim. Terma jamoa futbolchilarining aksariyati klubida yetakchi. Hujumchi ortida o'ynagan Bilol El Xannus ham "Shtutgart"da muhim futbolchi. U Belgiyada tug'ilgan. Marokash yarim finalga borib qolsa kerak.

Efir davomida terma jamoamiz o'yini tahliliga o'tildi. Bunda Yevropa jamoalari misol sifatida ko'rsatildi. Deylik o'z vaqtida "Bavariya", "Gamburg" jamoalarida o'ynagan Voxid Xoshemyan podakstlarning birida o'rganish jarayonida futbolchining nechi marotaba to'pga teginishigacha o'rganilishini aytgan.

c3059b0c-b434-4c7d-92ba-b8c62a2e351d.png

S.H - Xoshemyan Eronda hujumchilar bilan ikkinchi qavatda ishlash bo'yicha personal ish ham olib borgan. Keyrushning shtabida ishlagan.

Niderlandiya bilan o'yinga kelsak, raqiblar 4 ta himoyachi bo'lib o'ynaganda Dumfris "Inter"da 3 ta himoyachi taktikasida yuqorida.

Niderlandiya Xg borasida ancha vaziyatlardan foydalana olmadi qaysidir manoda kechirdi. Taktik himoya liniyani ushlashda xatolarimiz bor. O'ylaymanki, bu xatolar bartaraf etiladi.

Biz kam uzatmalar (passlar) orqali, tezkorlik evaziga hujumga chiqish orqali xavfli vaziyatlar yaratishimiz mumkin. Agar qarshi hujumga tezroq o'tsak, maqsadga muvofiq bo'ladi. Sababi, bunday vaziyatlarda Iskanderov to'pni o'zida ko'p ushlab qolsa, qiynalib qolamiz. To'g'ri, Iskanderovdan kutamiz ammo Mozgovoyda kesib o'tadigan paslar ko'proq ko'rdim. Taktik jihatdan Mozgovoy yaxshiroq ko'rindi.

Mantiqiy nuqtayi nazardan olsak, 3 ta raqibimizning himoyachilari yuqori ligada o'ynaydi. Statistik tomondan eng tez chempionat Angliyada. Uchinchi xududga kirib ortiqcha "kasaniya" qiladigan bo'lsak, bizga hech qanday imkoniyat qoldirishmaydi.

Homiylarimiz: CAU, “InfinBank”, “AKFA”“Ucell” “TT LLC”“Black Cofee”“OfoTour”

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia