

"Menimcha, bu normal holat emas, lekin ko'p yillardan beri eng yuqori saviyada bo'lib kelgan insonning hayoti shunday. Men endi yangilik emasman. Nimalarga qodir ekanimni hamma allaqachon ko'p yillardan buyon biladi. Va nazarimda, aynan shu yerda inson tabiati namoyon bo'ladi. Odamzod doimo kimdir bajarmayotgan narsaga e'tibor qaratishga moyil. O'n yil davomida bir xil narsani bajarib kelsangiz, odamlar qilayotgan ishingizni payqamay qo'yadi. Chunki buni eplay olishingizni bilishadi. Shu sababli ular doim siz qilmayotgan narsaga diqqat qaratishga urinishadi. Shu bois buni ko'ngilga yaqin olmayman.
Ko'p gol urish jamoaga zarar keltirishi mumkinmi? Bu fikrda mantiq kamroq. Chunki gol urmasam, nima uchun urmayotganimni so'rashadi. Bir narsani anglab etdim: futbolchi bo'lsang, o'tkazgan har bir o'yiningdan so'ng millionlab murabbiylar paydo bo'ladi. Va uydagi bu murabbiylarning hammasi ham rozi bo'lavermaydi. Har kimning o'z fikri bor, ammo men futbolning mazmuni - gol urish, raqibdan bitta ko'proq to'p kiritish deb hisoblayman. Gol uradigan futbolchi hech qachon jamoa uchun muammo bo'lmaydi, chunki gol urmasdan, sovrin yutgan jamoani hali ko'rmaganman", – dedi Mbappe.
27 yoshli fransiyalik futbolchi joriy mavsum barcha musobaqalardagi 5 ta uchrashuvda 5 ta gol urdi.



