"4:0 yoki 5:0 hisobida oldinda borishimiz mumkin edi". Mourinyu "Real"ning "Inter"ga qarshi o'yindagi g'alabasi haqida gapirdi

9 sen 2026, 07:54
Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyu Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 1-turida "Inter" bilan kechgan bahsdagi (2:1) g'alaba yuzasidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Futbolchilar fantastik ishni bajarishdi va murakkab sharoitda kechgan og'ir o'yinda g'alaba qozonishdi, deb o'ylayman. Bu zerikarli uchrashuv bo'lmadi.

Biz birinchi bo'limning oxirgi daqiqasida 3:0 hisobida oldinda borishimiz va, ehtimol, hisobni 4:0 yoki 5:0 ga aylantirishimiz mumkin edi. Futbolchilarimni maqtamoqchiman, chunki pressing - bu jamoa mashg'ulotlarda shug'ullanadigan narsadir. Pressing uchun qulay fursatlarni, qanday pressing qilishni, qayerda va qaysi o'yinchilarga nisbatan pressing qo'llashni tanlaymiz", - dedi Mourinyuning so'zlarini Madrid Universal X ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida.

Keyingi turda "Real" 14 oktyabr kuni safarda "Roma" bilan uchrashadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Madrid Universal