

Ruxsat etilgan xarajatlar bo'yicha yetakchilik hamon "Real"ga tegishli - madridliklarning xarajatlar limiti mart oyidagi 761 mln evrodan rekord darajadagi 832,8 mln evrogacha o'sdi.
"Barselona"ning ko'rsatkichi qishki transfer oynasidan keyingi 432 mln evrodan yozgidan so'ng 582 mln evroga etdi - bu ligadagi ikkinchi natija. Shu bilan birga, kataloniyaliklar klubi ishlab topgan har bir evroni sarflash imkonini beruvchi 1:1 qoidasiga qaytishga muvaffaq bo'ldi.
Uchinchi o'rinda 361 mln evrolik limit bilan "Atletiko" bormoqda - qishki transfer oynasidan keyin "kolchoneros"ning xarajatlar chegarasi 336 mln evroni tashkil etgan edi.
Shuningdek, "Vilyarreal" (171 mln), "Betis" (143 mln), "Atletik" (139 mln) va "Real Sosedad" (137 mln) ham 100 mln evrolik marrani bosib o'tdi.
Ispaniya oliy divizionidagi eng past ko'rsatkichlar "Alaves" (43,2 mln evro), "Malaga" (33,6 mln) va "Sevilya" (20,1 mln) hissasiga to'g'ri kelmoqda.



