KONKAKAF 2027 yildan boshlab Oltin kubok formatini o'zgartirmoqchi

Sherzod Nurmatov
6 noya 2026, 18:10
Shimoliy va Markaziy Amerika hamda Karib havzasi mamlakatlari futbol konfederatsiyasi (KONKAKAF) 2027 yilgi turnirdan boshlab kuchga kiradigan Oltin kubokning guruh bosqichi islohotini e'lon qildi.

Ananaviy 4 ta jamoadan iborat 4 ta guruh o'rniga ishtirokchilar 8 tadan terma jamoadan iborat 2 ta guruhga bo'linadi.

UEFA Chempionlar Ligasidagi shveycarcha tizimga qiyoslanayotgan yangi format turnirning dastlabki bosqichidayoq ko'proq qiziqarli va markaziy bahslarni tashkil etishga qaratilgan. Har bir jamoa guruhda 3 ta o'rniga 4 tadan uchrashuv o'tkazadi, raqiblar esa reyting savatchalariga qarab tanlab olinadi. Har bir guruhdan eng yaxshi natija qayd etgan 4 tadan terma jamoa pley-off bosqichiga yo'l oladi.

Musobaqa 2027 yilning 17 iyunidan 11 iyuliga qadar bo'lib o'tadi, qur'a tashlash marosimi esa 8 aprelga belgilangan. Millatlar Ligasi va saralash bosqichi orqali aniqlanadigan KONKAKAFning 15 ta terma jamoasidan tashqari, turnirda taklif etilgan mehmon sifatida Saudiya Arabistoni milliy jamoasi ham ishtirok etadi.

2025 yilda Oltin kubokni Meksika terma jamoasi qo'lga kiritgan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif