FIFA "bahor-kuz" tizimiga o'tishni rejalashtirmoqda

Sherzod Nurmatov
2 may 2020
FIFA vice-prezidenti, KONKAKAF rahbari Viktor Montalyani Xalqaro futbol federatsiyasining rejalari bilan bo'lishdi.

"COVID-19 pandemiyasi bilan bog'liq hozirgi holatda FIFA bazi qarashlarini o'zgartirishga majbur", - dedi Viktor Montalyani.

"Hozir futbol mavsumini to'xtatish yoki davom ettirish to'g'risida qaror qabul qilish hukumatlar idoralarining o'z qo'lida. FIFA bunga aralashmayapti. Bu ayni damdagi zaruriy va vaqtinchalik chora, yana boshqa o'zgartirishlar ham bo'lishi mumkin". 

"Masalan, futbol taqvimining asosiy sanalari almashishi ehtimoli bor . Yillik taqvimni yani ananaviy "kuz-bahor" sistemasini "bahor-kuz" tizimiga o'zgartirishimiz mumkin. 2022 yilgi Jahon chempionati noyabr-dekabr oylarida Qatarda bo'lib o'tishini hisobga olsak, ehtimol bundan keyin "bahor-kuz" tizimiga to'liq o'tishimizga to'g'ri keladi. Masalan, KONKAKAFda yani Shimoliy Amerikada buni qo'llash hech qanday qiyinchiliklarga olib kelmaydi. Menimcha, bu Yevropa, Afrika va boshqalar uchun ham muammo bo'lmaydi".


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Tuttosport