

Da'vogarlar qatoridan quyidagilar o'rin oldi:
Nasser Al-Xelaifi, PSJ prezidenti, Yevropa futbol klublari kengashi (EFC) raisi;
Viktor Montalyani, FIFA vice-prezidenti, Shimoliy va Markaziy Amerika hamda Karib havzasi mamlakatlari futbol konfederatsiyasi (KONKAKAF) prezidenti;
Aleksander Cheferin, UEFA prezidenti;
Sheyx Salmon bin Ibrohim Al-Xalifa, Osiyo futbol konfederatsiyasi (AFK) prezidenti;
Patris Mocepe, Afrika futbol konfederatsiyasi (CAF) prezidenti.
Takidlanishicha, Montalyani eng mantiqiy variant hisoblanadi, chunki u FIFA Kengashi vice-prezidenti sifatida ishlaydi va tashkilotning ichki faoliyati bilan yaxshi tanish.
Nomzodlardan ariza qabul qilishning oxirgi muddati - 2026 yil 18 noyabr. Da'vogar nomzodini faqat milliy futbol assotsiatsiyasi ilgari surishi mumkin. Bunda nomzod kamida beshta federatsiyaning qo'llab-quvvatlashiga erishishi kerak. FIFA prezidenti saylovining o'zi 2027 yil 18 mart kuni Rabatda (Marokash) bo'lib o'tishi rejalashtirilgan.



