Alfonso Devis faoliyatidagi 18-jarohatini oldi

14 noya 2026, 14:49
"Bavariya" hamda Kanada terma jamoasi himoyachisi Alfonso Devis KONKAKAF Millatlar Ligasi chorak finali doirasidagi Gvatemalaga qarshi bahsda (3:2) jarohat oldi.

Uchrashuvning 6-daqiqasida 26 yoshli futbolchi o'z jarima maydonchasi ichida sirpanib kyetib, maydonga yiqildi. Devis o'yinni davom ettirishga urinib ko'rdi, biroq ko'p o'tmay almashtirishlarini so'radi va maydonni o'z oyog'i bilan tark etdi.

"Hozircha gap tananing pastki qismidan olingan jarohat haqida ketayotganini bilamiz. Yaqin kunlarda u tibbiy ko'rikdan o'tkaziladi va shundan so'ng shikastlanishning qanchalik jiddiyligi ma'lum bo'ladi", - dedi Kanada terma jamoasi bosh murabbiyi yordamchisi Mauro Bello.

Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, kasalliklar tufayli o'tkazib yuborilgan o'yinlarni hisobga olmaganda, bu Devisning faoliyatidagi 18-jarohatidir.

Eslatib o'tamiz, 2025 yilning mart oyida himoyachi tizzasining xochsimon bog'lamlarini uzib olgan, shundan so'ng bir necha bor mushak jarohatlariga duch kelgan edi. Shuningdek, 2026 yilgi jahon chempionatida ham Devis sog'lig'idagi muammolar sababli deyarli maydonga tushmagan.

Futbolchining safga qaytish muddati hozircha noma'lumligicha qolmoqda.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sky