"Monako" "Manchester Yunayted"ning taklifini rad qildi

Xabaringiz bor, "qizil iblislar" "Monako" himoyachisi Benua Badiashile uchun kurashayotgan edi.

RMC Sport jurnalisti Muhammad Buxafsining yozishicha, ingliz klubi futbolchi uchun 25 million evro taklif qilgan. Ammo "Monako" 19 yoshli o'yinchini sotishdan bosh tortdi.

Knyazliklar ustozi Niko Kovach jamoa rahbariyatidan Badiashile borasidagi barcha takliflarni rad qilishni so'rab, "yangi Varan"ni jamoa mudofaa qo'rg'onining yetakchisiga aylantirish niyati borligini bildirgan.


Manba: RMC Sport