

Ko'plab muxlislarning hayratiga sabab bo'lgan bayonotida belgiyalik futbolchi yozda Birmingemdan ketishga unchalik intilmagani, chunki bor e'tiborini terma jamoasi bilan Jahon chempionatidagi ishtirokiga qaratganini aytdi:
“Klub bilan ikki marta gaplashdim, ammo bu hech qanday natija bermadi, shuning uchun bunga juda xotirjam qaradim. Asosan barcha ishlarni agentim olib bordi, men esa e'tiborimni men uchun juda muhim voqea bo'lgan Jahon chempionatiga qaratdim. Vaqti-soati kelib, hamma narsa kelishib olingach va maqbul deb topilgach, bu haqda menga xabar berishdi.
To'g'risini aytsam, bu yozda transfer amalga oshishini unchalik kutmagandim. Shunchaki futbolga, Jahon chempionatiga e'tibor qaratdim va terma jamoamda maksimal darajada yaxshi o'ynashga harakat qildim. Ammo yozda har doim nimadir yuz berishi mumkin”, – dedi Tilemans klub matbuot xizmatiga bergan intervyusida.
Eslatib o'tamiz, belgiyalik futbolchi “Manchester Yunayted”ga 35 million funt sterling evaziga o'tdi. Uning “Aston Villa” bilan shartnomasidagi tovon puli aynan shunchani tashkil etardi.



