

"O'ylaymanki, o'tgan yozda ular hujumdagi muammolarni hal qilishdi, ammo, shekilli, yana ikkita markaziy himoyachi kerak. Siz bundan kulishingiz va menga dakki berishingiz mumkin, lekin men "Tottenxem"dan Romeroni sotib olgan bo'lardim". "Bilaman, u tentak va uning intizom bilan bog'liq muammolari bor, lekin u juda yaxshi markaziy himoyachiga aylanishi mumkin, Kerrik esa uni haqiqatan ham tinchlantira olardi. Jahon chempionati finalida himoya markazida o'ynagan futbolchi uchun 30-40 million funt haqida gapirishmoqda. Bilaman, uning intizom bilan muammolari bor, lekin men uni olgan bo'lardim. O'ylaymanki, ularga markaziy himoyachi o'ta zarur, hozirgilari esa etarlicha yaxshi emas", – dedi "MYU"ning sobiq yarim himoyachisi. Xabar qilinishicha, Romero "Atletiko"ga o'tishi mumkin.



