Holand Ginnessning rekordlar kitobidan to'rtta sertifikat oldi

Sherzod Nurmatov
14 avg 2026, 16:23
"Manchester Siti" hujumchisi Erling Holand o'z faoliyati davomida qayd etgan yutuqlari uchun birdaniga bir nechta "Guinness World Records" sertifikatlariga ega bo'ldi.
3.jpg

Norvegiyalik futbolchi rasman quyidagi natijalar egasi deb tan olindi:

Millatlar ligasida 19 ta gol muallifi - turnir rekordi;

Premer-ligada 100 ta gol urgan eng tezkor o'yinchi - buning uchun unga 111 ta o'yin kifoya qildi;

38 turlik formatdagi APLning bir mavsumida eng ko'p gol urish bo'yicha rekord muallifi - 36 ta gol;

Chempionlar Ligasining bitta o'yinida 5 ta gol urgan uch futbolchidan biri. Bu borada Holandga Lionel Messi va Luis Adriano hamrohlik qilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif