

"Liverpul" afsonasi endi Premer-liga, Chempionlar Ligasi va Angliya Kubogi o'yinlari translyatsiyalarida muntazam ishlaydi.
Jerrard ekspertlik faoliyatini davom ettiradi, shu bilan birga vaqti-vaqti bilan “TNT Sports”ning yetakchi sharhlovchilari bilan birgalikda o'yinlarni sharhlab borishga ham qo'shiladi.
Oldinroq 46 yoshli Jerrard “TNT Sports” telekanalida taklif etilgan ekspert sifatida ishlab ko'rgandi, biroq endi uning efirlardagi ishtiroki doimiy tus oladi.



