

Oldinroq “Monako” 33 yoshli futbolchi bilan shartnomani bekor qilishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi. Bu qaror Pogbaning mashg'ulotdagi navbatdagi jarohatidan so'ng qabul qilingan.

“Pol faoliyatini yakunlashi kerak yoki u futbolga pul uchun qaytdi, deyayotganlarning barchasiga oydinlik kiritmoqchiman: u qachon faoliyatini tugatishini faqat Xudo biladi. Pul uchun qaytgan deganlarga esa: ishoning, Xudoga shukur, bizda pul bilan hammasi joyida.
Ijtimoiy tarmoqlar hamma narsani ko'taraveradi. Odamlar ekran ortida o'tirib, xohlagan gapini aytishi, istalgan kishini haqorat qilishi va uning niyatlarini shubha ostiga qo'yishi mumkin, lekin ekranning narigi tomonida tirik inson borligini unutib qo'yishadi.
U yana nimani isbotlashi kerak, deb so'rayotganlarga esa eslatib o'taman: u dunyodagi har bir futbolchi orzu qiladigan niyatiga etgan. U o'z mamlakati sharafini himoya qilib, Jahon chempionatida g'olib chiqqan”, – dedi Zulay.



