

"Bu 100 foiz Luka Modrich. Birinchi yilda u menga ko'p narsani o'rgatdi. Nafaqat mashg'ulotlarda, balki o'yinlarda ham - bu haqiqiy futbol mahorat darsi edi. U 40 yoshda bo'lsa-da, juda kuchli edi. Luka har kuni mashq qilardi. Hatto maydonga tushmagan kunlari ham klubga kelib, o'zi uchun qo'shimcha mashqlarni bajarardi.
Uning o'yin uslubi aql bovar qilmas darajada. U menga doim maslahatlar berardi, maydonda nima qilishim kerakligini aytardi. Bu menga juda katta yordam berdi. U futbolda men uchratgan eng ajoyib insonlardan biri", - dedi 19 yoshli Endrik.


