Saloh Turkiya chempionatida faoliyatini davom ettirishi mumkin

1 may 2026, 09:10
"Liverpul" va Misr terma jamoasi hujumchisi Muhammad Saloh Turkiya chempionatida faoliyatini davom ettirishi mumkin.

A Spor nashriga ko'ra, "Fenerbaxche" 33 yoshli hujumchini o'z safiga qo'shishga qiziqish bildirmoqda.

Manba xabar berishicha, Stambul klubi rahbariyati Salaxning vakillari bilan bir necha uchrashuv o'tkazgan. Misrlik futbolchining tomoni o'z mijozi uchun yillik 20 million evro maosh talab qilgan.

Salaxning "Liverpul" bilan shartnomasi 2027 yil yozigacha mo'ljallangan, biroq futbolchi mavsum oxirida angliyalik klubni tark etishini allaqachon e'lon qilgan.


Manba: A Spor