Mirjamol Qosimov 942 kundan so'ng Superligada gol urdi
Narzulla Saydullayev
16 may 2024
Supreliganing 7-turida OKMK safarda "Lokomotiv"ni 2:0 hisobida taslim qildi.
Ushbu bahsda Mirjamol Qosimov dastlabki golni urdi. Yarim himoyachi Superligada so'nggi bor 2021 yilning 15 oktyabr kuni "Mashal" darvozasiga gol urgandi. Oradan 942 kun (2 yil, 6 oy, 29 kun) o'tgach futbolchi chempionatda gol urdi.