

Birmingemliklar tarkibiga "Frayburg"dan Yoan Manzambi o'tdi. Sky Sports ma'lumotlariga ko'ra, yarim himoyachi uchun bonuslarni hisobga olgan holda 59,5 million funt (70 million evro) to'langan. Avvalgi rekord 2024 yilda Amadu Onana uchun 50 million funt sterling edi.
Shveytsariya terma jamoasi yarim himoyachisi yangi klubida 44-raqam ostida o'ynaydi.



