

– Yig'in qanday o'tmoqda?
– Ikki mahal mashg'ulot o'tkazyapmiz: ertalab va kechqurun. Shunday paytlar bo'ldiki, ertalab mashg'ulot qilib, kechqurun o'yin o'tkazdik. Hammasi joy-joyida ketyapti. Chempionatni 100 foiz tayyor holda boshlaymiz.
– Adashmayotgan bo'lsam, Turkiyada yig'in o'tkazayotganlar orasida, menimcha, faqatgina OKMK mag'lubiyatga uchramagan jamoa bo'lib turibdi. Bu kabi o'yinlar albatta natijaga qaralmaydi. Jamoani har tomonlama, turli maktab vakillari bilan o'yinlar kuchaytirib boradi...
– Takidlaganingizdek, o'quv-mashg'ulot yig'inlarida natijaga qaralmaydi. Nimaga desangiz, chempionatga bitta yo'nalishda tayyorlanish bo'lmaydi. Bu yerda ikki xil, uch xil taktika sinab ko'riladi. Uchrashuvlar davom etayotgan paytda o'yin sxemasi o'zgarib ketadi. Shuning uchun har xil sxema sinovdan o'tkaziladi. Eng asosiysi – futbol o'ynash, sifat va o'sha uchta-to'rtta rejani yaxshilab mukammal o'rganib olish deb o'ylayman. Shuning uchun ham yig'inlarda bellashuvlar o'tkaziladi.
– Gohida bir kunda ikkita o'yin ham o'tkazilyapti va barchaga imkoniyat ham berilyapti.
– Albatta. Yig'inda hamma bir xil yuklama olishi kerak. Bir xil tayyor bo'lib borishi kerak. Nimaga desangiz, chempionat uzoq davom etadi. Juda uzoq davom etadi. Bir hafta, bir-ikki oy emas. Chempionatda har xil vaziyat bo'ladi. Shuning uchun hammaga yuklama bir xil deb bo'lsin, hamma o'yin amaliyotiga ega bo'lsin deb shunaqa qilinadi deb o'ylayman. Bu mening fikrim.
– Muxlislar standartdan kiritiladigan gollarni ancha sog'inib qolishgan...
– Nasib qilsa harakat qilamiz.
– Mirjalol Qosimov murabbiylik qilayotgan OKMKda boshqa futbolchilarga qaraganda sizga ko'proq bosim bo'ladimi?
– Hammayoqda shu savol beriladi. Juda ko'p beriladi. Hozir bosim yo'q. Ko'nikib qolganman. Aksincha bosim turtki beradi. Har doim shuni aytib kelganman. Buni to'g'ri qabul qilaman va oldinga intilishga harakat qilaveraman.
– OKMK muxlislariga tilaklaringiz...
– Qo'llab-quvvatlashda davom etinglar, bizga ishoninglar. Ishonchingizni oqlab, chempion bo'lib, sizlarni xursand qilamiz.



