Ederson "Atalanta" bilan yangi shartnoma imzoladi

17 iyul 2026, 23:54
Braziliyalik yarim himoyachi Ederson "Manchester Yunayted"ga o'tmaydigan bo'lganidan so'ng "Atalanta" bilan yangi shartnoma tuzdi.

Avvalroq "Manchester Yunayted" 27 yoshli futbolchining transferidan rasman voz kechgani xabar qilingan edi. Bunga tibbiy ko'rik natijalari mankunianliklarni qoniqtirmagani sabab bo'lgan.

Taniqli insayder Fabricio Romanoning ma'lum qilishicha, "Yunayted" bu transferni yozda yana qayta ko'rib chiqishi haqidagi mish-mishlar haqiqatga to'g'ri kelmaydi. Bitim bir hafta avval to'liq bekor qilingan.

Shundan so'ng "Atalanta" Ederson bilan hamkorlikni davom ettirishga qaror qildi va futbolchi bilan 2031 yilgacha mo'ljallangan yangi shartnoma imzoladi.

Ederson 2022 yildan beri Bergamo klubi safida to'p surib kelmoqda. U o'tgan mavsumda ham jamoaning eng muhim futbolchilaridan biri bo'lib, o'zining barqaror o'yini bilan Yevropaning bir qator top-klublari e'tiborini qozongan edi.

O'xshash yangiliklar


Manba: x.com/FabrizioRomano