Milner "Liverpul" akademiyasida ish boshladi

Sherzod Nurmatov
17 sen 2026, 19:50
Jeyms Milner murabbiylik tajribasini oshirish maqsadida "Liverpul" akademiyasiga ishga kirdi, deya xabar bermoqda “The Athletic”.

Yozda 24 yillik faoliyatiga nuqta qo'ygan 40 yoshli angliyalik sobiq yarim himoyachi UEFA Pro licenziyasini olish ustida ishlamoqda. U aniq bir yosh toifasiga bosh murabbiy bo'lmaydi, balki turli jamoalar shtabiga yordam beradi - Milner o'tgan dam olish kunlari Kirkbida U-11 jamoasi mashg'ulotlarida qatnashib ulgurdi.

Milner 2015–2023 yillarda "Liverpul" safida 332 ta o'yin o'tkazib, Chempionlar Ligasi, APL, Angliya Kubogi va boshqa ko'plab sovrinlarni qo'lga kiritgan. Faoliyati davomida "Manchester Siti", "Aston Villa", "Nyukasl", "Lids" va "Brayton" jamoalarida harakat qilgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Athletic