

- Yaxshi o'yin bo'ldi, muxlislar zo'r atmosfera yaratib berishdi. Faqatgina bir muammo - hakamlik yaxshi bo'lmayapti. Har o'yinda shundan jabr chekyapmiz. Mana bugun ham shunday bo'ldi. Boshidanoq o'yin buzildi va ikkala jamoa bir-biriga princip qilib, futbol o'ynashdi. "Lokomotiv" bilan o'yinda ham shunday bo'lgandi. Bu hakam o'tgan yili "Paxtakor"ga qarshi yarim finalda ham bo'lgan va bizning finalga chiqishimizni istamagandi. Bizning foydamizga penalti bermagan. Hammasi esimizda. Biz futbolchilar maydonga tushamiz, harakat qilamiz. Har o'yinda yutishga intilyapmiz, baribir hakamlar o'yinga ta’sir qilmoqda. Hakamlarga kim qaraydigan bo'lsa, shu vaziyatlarni ko'rib chiqish kerak. Aziz Amonovning vaziyatida raqib bizning futbolchini oyog'ini atayin bosmoqda, lekin qizil kartochka berilmayapti.
Golni nishonlaganim haqida: tomoshabinlarga hech qanday adovatim yo'q. Barcha futbolchilar gol urganda xursandchilik qiladi. Bu gol nishonlash muxlislar uchun emasdi. Muxlislar xafa bo'lgan bo'lsa, uzr so'rayman.
- Hakamlar ustidan shikoyat kiritildimi?
- Ko'rib chiqilishi kerak bo'lgan vaziyatlar bor. Albatta, yozish kerak.
- Demak, gol nishonlash namanganlik muxlislarga atalmagan?
- Yo'q. Umuman.



