De Paul "Oltin to'p" haqida: "Messi qilgan ishni hech kim hech qachon takrorlay olmaydi, qolaversa, uning yoshi 39 da"

Sherzod Nurmatov
17 sen 2026, 19:04
"Inter Mayami" yarim himoyachisi Rodrigo De Paul Chempionlar Kubogi (Kubok Kampeones) doirasida "Krus Asul" ustidan qozonilgan g'alabadan (2:0) so'ng g'alaba to'pini kiritgan Lionel Messi 2026 yilgi "Oltin to'p" sohibiga aylanishi kerakligini ma'lum qildi.

"Men uchun bu yerda hech qanday bahs bo'lishi mumkin emas. Jahon chempionati o'tadigan yilda Messi qilgan ishni hech kim hech qachon qilmagan va qila olmaydi ham, qolaversa, uning yoshi 39 da... U turli yoshlarda maydonga tushib, barcha chegaralarni buzib tashladi, eng ulug' futbolchilar bilan raqobatlashdi va Jahon chempionatining eng yaxshi o'yinchisi bo'ldi. Hech qanday bahs-munozaraga o'rin yo'q", – dedi De Paul.

8 sentyabr kuni “France Footbal”l jurnali 2026 yilgi "Oltin to'p" sovrini uchun nomzodlar ro'yxatini e'lon qildi. Taqdirlash marosimi 26 oktyabr kuni Londonda bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Actu Foot