Superliga. "Navbahor" – "Dinamo" (matnli translyatsiya)

Оқил Абдубарноев
17 sen 2026, 18:00
Superliga 22-turining ilk uchrashuvi boshlandi.

Superliga

22-tur

"Navbahor" – "Dinamo" 2:2

Namangan. “Markaziy” stadioni. 18:00

Bosh hakam: Doston Rahmonov

Yordamchi hakamlar: Shohnur Yo'ldoshev. Sardor Umirzoqov

To'rtinchi hakam: Asadbek Qosimjonov

VAR: Ilgiz Tantashev

AVAR: Andrey Sapenko

Nazoratchi: Viktor Serazitdinov

Kamissar: Shohruh Said

Gollar: 0:1 – 7, Aziz Amonov; 1:1 – 21, Shohruh Abdurahmonov (Jasurbek Jaloliddinov); 1:2 – 25, Jaloliddin Jumaboev; 2:2 – 39, Giorgi Jgerenaya

“Navbahor”: 1.O'tkir Yusupov, 4.Islom Mamatkazin, 6.Shohruh Abdurahmonov, 7.Ruslan Jiyanov, 8.Diyor Xolmatov, 13.Benjamin Teydi, 22.Umar Adhamzoda, 23.Vanya Ilich, 30.Jasurbek Jaloliddinov, 34.Giorgi Jgerenaya, 55.Muhammadqodir Hamraliev.

Zaxira: 16.Shukron Yo'ldoshev, 2.Saidazamat Mirsaidov, 5.Dilshodjon Komilov, 11.Husan Norchaev, 21.Asadbek Rahimjonov, 28.Joel Kojo, 44.Anri Chichinadze, 77.Muhammadali Usmonov, 97.Aleks Fernandes.

“Dinamo”: 1.Edem Nemanov, 2.Artyom Radaev, 3.Mixail Shtefan, 4.Nurillo To'xtasinov, 8.Aziz Amonov, 16.Amadu Dumbuya, 18.Raul Jeparov, 20.Jaloliddin Jumaboev, 24.Akbar Xudayberdiev, 26.Marko Stanoevich, 77.Behruzbek Oblaqulov.

Zaxira: 71.Sarvar Karimov, 14.Bahodir Nasimov, 15.Rasul Yo'ldoshov, 17.Salim Mustafoev, 19.Tigran Avanesyan, 21.Jahongirbek Abdusalomov, 22.Ulug'bek Abdullaev, 30.Xaris Xaydarevich, 44.Abdug'afur Haydarov.

Ogohlantirishlar: Giorgi Jgerenaya (18), Nurillo To'xtasinov (19), Jaloliddin Jumaboev (26)

39' ⚽️ GOL! Hisob yana tenglashdi! Giorgi Jgerenaya olis masofadan darvozaning uzoq pastki burchagini aniq nishonga olib, muvozanatni tikladi – 2:2!

38' Aziz Amonovning jarima maydonchasi ichiga oshirib bergan to'pini jamoadoshi Jaloliddin Jumaboev qaytarib yubordi.

31' "Navbahor"ning burchakdan uzatgan to'piga Giorgi Jgerenaya zarba yo'lladi, biroq "Dinamo" darvozaboni Edem Nemanov o'z o'rnida ishonchli harakat qilib, to'pni egallab oldi.

26' 🟨 Gol muallifi Jaloliddin Jumaboev raqib muxlislari qarshisida golni nishonlab, maydonda etiroz keltirib chiqargani uchun bosh hakam tomonidan sariq kartochka bilan jazolandi.

25' ⚽️ GOL! "Dinamo" yana oldinda! Jaloliddin Jumaboev taxminan 25–30 metrlar masofadan belgilangan jarima zarbasini qoyilmaqom tarzda ijro etib, darvozani ishg'ol qildi – 1:2!

21' ⚽️ GOL! Hisob tenglashdi! Jasurbek Jaloliddinovning uzatmasidan so'ng Ruslan Jiyanov to'pni sherigiga o'tkazib yubordi. Shohruh Abdurahmonov dastlab Mixail Shtefan bilan kurashda ustun keldi, keyin esa Marko Stanoevichni aldab o'tib, chap oyoqda darvozani aniq nishonga oldi – 1:1!

19' 🟨 "Dinamo" safida Nurillo To'xtasinov yon hakam qaroriga etiroz bildirgani sababli ogohlantirildi.

18' 🟨 Giorgi Jgerenaya raqib futbolchisi Aziz Amonovni qo'pollik bilan to'xtatib qolgani uchun bosh hakam tomonidan sariq kartochka bilan jazolandi.

13' 🔥 "Dinamo"dan o'ta xavfli hujum! Jarima maydoni ichida Amadu Dumbuya qulay vaziyatda zarba berishga shaylangan bir pallada, Muhammadqodir Hamraliev so'nggi soniyalarda to'pni bartaraf etib, jamoasini muqarrar xavfdan qutqarib qoldi.

12' "Dinamo" futbolchisining olis masofadan yo'llagan zarbasidan so'ng O'tkir Yusupov to'pni ishonch bilan egallab oldi.

7' ⚽️ GOL! O'ng qanotdan Nurillo To'xtasinov tomonidan jarima maydoniga oshirilgan to'pni mezbonlar himoyachisi Islom Mamatkazin qaytardi. Qaytgan to'pni o'ziga bo'ysundirgan Aziz Amonov darvozaning yuqori burchagini aniq nishonga olib, hisobni ochdi – 0:1!

1' ⏱ Uchrashuv boshlandi! "Navbahor" futbolchilari ko'k, mehmonlar – "Dinamo" jamoasi esa oq rangli liboslarda to'p surmoqda.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Championat.asia