"Milan" va Teo kelisha olmayapti

Mirjalol Normatov
26 sen 2024, 22:13
"Milan" va Teo Ernandes yangi shartnoma borasida kelisha olishmayapti.

Klub va fransiyalik futbolchi o'rtasidagi muzokaralar yakuniy bosqichdan anchagina yiroqda. 26 yoshli futbolchi yiliga 8 mln evro maosh so'ramoqda, "rossoneri" esa buncha to'lay olmasligini ma'lum qilgan. Kelishuv amalga oshishi uchun Ernandes yana klub bilan muzokaralar stoliga o'tirishi kerak bo'ladi.

teoning "Milan" bilan amaldagi shartnomasi 2026 yil yoziga qadar davom etadi. U ushbu mavsumda 5 o'yinda 1ta gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Football Italia