"Milan" "Manchester Siti" yulduzini o'z safiga qo'shib olishi mumkin

18 iyul 2026, 17:53
"Manchester Siti"ning ingliz yarim himoyachisi Fil Foden A Seriyaga ko'chib o'tishi mumkin.

Vositachilar "rossoneri" futbolchisini Rafael Leauning o'rniga taklif qilishdi. Fodenning "Siti" bilan mehnat shartnomasi 2027 yilning yozida yakunlanadi. Hozircha tomonlar kelishuvni uzaytirmagan.

Fil Foden o'tgan mavsum APLda "Manchester Siti" safida 33 ta o'yin o'tkazdi. Unda yarim himoyachi ettita gol urdi va beshta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: SportMediaset