"Milan" futbolchisi faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettiradi

Khoja
8 sen 2025, 11:00
"Milan" yarim himoyachisi Yasin Adli faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettiradi.

25 yoshli futbolchi "Al Shabab" jamoasiga borib qo'shiladi. Futbolchi yangi jamoasi bilan 3 yillik shartnoma imzolaydi va yiliga 7 million evro maosh oladi. 

Ushbu transfyerdan "Milan" 11 million evroga yaqin pul ishlab oladi.

Ma'lumot uchun, Adli 2021 yildan beri "Milan"da harakat qiladi. Futbolchi o'tgan mavsum "Fiorentina"da ijarada harakat qilgandi. U "Fiorentina" safida 35 ta uchrashuvda maydonga tushib, 5 ta gol urgan va yana 7 ta golga assist bo'lgan.


KhojaMuallif
Manba: skysport