Amorim: “Milan”dagi bosim “Manchester Yunayted”dagidek”

Sherzod Nurmatov
18 sen 2026, 13:00
"Milan" bosh murabbiyi Ruben Amorim Yevropa Ligasi doirasida "Benfika"dan uchralgan mag'lubiyatdan (0:2) so'ng "qizil-qoralar"ning hozirgi tarkibi uning o'yin modeliga to'liq mos kelmasligini ta'kidladi.

Shu bilan birga, mutaxassis "Milan"dagi bosim xuddi "Manchester Yunayted"dagi kabi yuqori ekanini bildirdi.

"Manchester Yunayted"da ham, "Milan"da ham g'alaba qozonish majburiyati bosimi ostida yashaydigan ikki ulkan klubda odamlar barcha narsani bir necha oy ichida talab qilishlarini bilaman va men bu yerda ham xuddi shunday bosimni his qilyapman. Bu jamoa biroz boshqacha, u 3 nafar himoyachi bilan o'ynashga ko'proq odatlangan, biroz tezroq, biroz baquvvatroq. Albatta, ayni damda menda ideal mos tushadigan aniq xususiyatlarga ega tarkib yo'q, ammo yangi jamoani qabul qilib olgan vaqtda buning iloji ham yo'q", – deya Amorimning so'zlarini keltiradi “Sky Italia”.

Murabbiy muxlislarni sabrli bo'lishga chaqirdi. Amorimning so'zlariga ko'ra, u hozirgi jamoasi uchun bor kuchi bilan ishlamoqda va uni yanada yaxshilashga yordam berishni xohlaydi.

"Menga etarlicha vaqt beriladimi-yo'qmi bilmayman, lekin o'yinchilarimga qarab, ular mashg'ulotlarda aytgan har bir gapimni diqqat bilan tinglayotganini ko'ryapman. Bu esa muammolarni hal qilishimizga umid bag'ishlaydi", – deya qo'shimcha qildi mutaxassis.

"Benfika"dan uchralgan mag'lubiyat Amorim uchun "Milan" bosh murabbiyi sifatidagi ilk mag'lubiyat bo'ldi. Bunga qadar jamoa A Seriyada 2 ta g'alaba va 2 ta durang qayd etgan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sky Italia