Kuadrado Kolumbiya jamoasiga o'tdi

Sherzod Nurmatov
11 sen 2026, 20:15
"Milonarios" yarim himoyachi Xuan Kuadrado bilan shartnoma imzolaganini rasmiy saytida e'lon qildi.

Kelishuv 2027 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

38 yoshli kolumbiyalik futbolchi 1 iyuldan buyon "Piza" bilan shartnomasi tugagani sababli jamoasiz yurgandi. U avvalroq "Atalanta", "Inter", "Yuventus", "Chelsi", "Fiorentina", "Lechche" va "Udineze" jamoalarida o'ynagan.

Shuningdek, Kuadrado 2010 yildan 2023 yilgacha Kolumbiya milliy terma jamoasi safida harakat qilgan - 116 ta o'yin, 11 ta gol va 20 ta golli uzatma.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif