

Milandagi "San-Siro (Djuzeppe Meacca)" stadionida kechgan bahsni rimlik hakam Federiko La Penna boshqarib bordi. Mezbonlar 3:0 hisobida ishonchli g'alabani qo'lga kiritishdi.
14-daqiqada "Milan" hujumchisi Kristian Pulishich uchrashuvda hisobni ochdi. 61-daqiqada yarim himoyachi Adrien Rabo mezbonlarning ustunligini oshirdi. 73-daqiqada esa zaxiradan maydonga tushgan "Milan"ning yangi a'zosi Diegu Moreyra uchinchi golni urdi. Lateral o'tgan turda ham "Lacio"ga qarshi kechgan o'yinda (2:2) zaxiradan maydonga tushib, dubl muallifiga aylangan edi.
“Milan” - “Lechche” 3:0
Gol: Pulishich 14, Rabo 61, Moreyra 73.
"Milan" ushbu g'alabadan so'ng A Seriya turnir jadvalida beshinchi o'ringa ko'tarilib oldi. Jamoa hisobida beshta turdan so'ng 11 ochko bor. "Lechche" esa olti ochko bilan 12-pog'onada joylashgan.



