Mikel Arteta: "Gyokeresh qattiq mehnat qilmoqda"

8 may 2026, 23:45
"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta hujumchi Viktor Gyokereshning o'yinlari haqida gapirdi.

"Ilk boshidanoq uning darajasi yuqori ekanligini ko'rgandim. Futbolchining o'yini o'sishi bu bir necha kunlik mehnat emas, balki, oylab harakatlar samarasidir. Viktor qattiq mehnat qilmoqda va o'zi uchun kattaroq vazifalar qo'ygan. U doimo o'rganishga harakat qiladi, savollar beradi va o'z ustida ishlaydi. U har doim jamoadoshlari bilan o'zaro tushunishni yaxshilashga, hatto buni oshxonada ham amalga oshirishga intiladi. Bu esa o'z mevalarini bermoqda", - deb yoziladi klub matbuot xizmati intervyusida.

Ushbu mavsumda Gyokeresh barcha turnirlarda 51 o'yinda qatnashib, 21 gol va 3 assist qayd etdi.


Manba: arsenal.com