Arteta "Aston Villa"ga qarshi kechgan 1:0 hisobidagi o'yin haqida: "Juda katta g'alaba. "Arsenal" ajoyib o'yin ko'rsatdi va bunga loyiq edi"

1 sen 2026, 09:45
"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta APLning 2-turida "Aston Villa" ustidan qozonilgan safardagi g'alaba (1:0) haqida o'z fikrlarini bildirdi.

O'yin haqida

"Juda xursandman, bu juda katta g'alaba. Bu erga kelib uch ochkoni qo'lga kiritish oson emas edi. Fikrimcha, biz bunga loyiq edik. Ajoyib o'yin ko'rsatdik. Bu har doim ham etarli bo'lavermasdi, ammo to'purarlarimiz o'yinni juda yaxshi yakunlab, g'alaba keltirishdi. Men bu yerda g'alaba qozonish qanchalik qiyinligini bilaman. Har bir katta jamoa ularga qarshi o'yinlarda qiyinchilikka duch kelgan, chunki ular juda kuchli".

Futbolchilarga endi ishonayotgani haqida

"Men har doim o'z futbolchilarimga ishonaman. O'yin darajasi vaziyatga ham bog'liq. O'tgan yili biz bu yerda juda alamli tarzda yutqazgan edik. Bu narsa hali ham ruhiyatga ta’sir qilayotgan edi".

Eze va Konsaning zaxiradan maydonga tushgani haqida

"Ebs bizga g'alaba keltiradigan vaziyatlarni yaratadi. Ezri ham har bir qabula qilingan qarorida juda vazmin va xotirjam edi. Men ulardan juda mamnunman".

Transfer oynasining so'nggi kunida bitimlar kutayotgani haqida

"Men bir kunga jarayondan uzilib qoldim. Diqqatim o'yinga qaratilishi kerak edi, klubimizda bu ish bilan shug'ullanadigan kerakli insonlar bor", - dedi Arteta "Sky Sports"ga bergan intervyusida.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sky Sports