

Yanvar oyida mamlakat hukumati Afrika Millatlari Kubogidagi muvaffaqiyatsiz natijadan so'ng milliy jamoani, shuningdek, Obameyang va Bryuno Ekuel-Mangani termadan chetlatish to'g'risida qaror qabul qilgandi. Gabon Kamerun (0:1), Mozambik (2:3) va Kot-d'Ivuar (2:3) terma jamoalariga yutqazib, "F" guruhida so'nggi o'rinni egallagan.
"Ular meni kamsitishdi va obro'mga dog' tushirishdi, vaholanki, men Afrika Millatlari Kubogida jarohat bilan o'ynagandim. Bu so'nggi tomchi bo'ldi va men shu yerda to'xtashni afzal ko'raman", – dedi Obameyang “RMC Sport” nashriga bergan intervyusida.
37 yoshli hujumchi Gabon terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to'purar hisoblanadi. Uning hisobida milliy terma jamoa safida 40 ta gol bor.



