"Arsenal" safida omadi chopmagan portugaliyalik: Fabiu Vieyra faoliyatini Bundesligada davom ettiradi

Sherzod Nurmatov
1 sen 2026, 18:30
Yarim himoyachi Fabiu Vieyra “Arsenal”dan to'liq asosda “Gamburg”ga o'tdi, deb xabar berdi London klubi matbuot xizmati.

Portugaliyalik futbolchi 2022 yildan buyon “Arsenal” sharafini himoya qilib kelayotgandi va “to'pchilar” safida jami 49 ta uchrashuv o'tkazdi.

Vieyra 2024/25 yilgi mavsum ijara asosida “Portu”ga qaytgan bo'lsa, o'tgan mavsumni “Gamburg”da o'tkazdi.

Transfermarkt’ga ko'ra, Germaniya klubi 26 yoshli futbolchining to'liq transferini 9 mln evro evaziga rasmiylashtirdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: arsenal.com